Avg 10, 2026

Volodimir Kostyuk Ukrainaning 2026-yildagi eng yaxshi top-menejerlari reytingiga kirdi

Farmak bosh direktori Volodimir Kostyuk «Fokus» biznes-resursi tomonidan tayyorlangan «Super-rahbarlar: Ukrainaning 2026-yildagi top-menejerlari reytingi»ga kirdi.

Reytingga keng koʻlamli urush sharoitida biznes rivojlanishini taʼminlayotgan, mamlakat iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlayotgan va strategik oʻzgarishlarni joriy etayotgan Ukraina kompaniyalarining 36 nafar rahbari kiritildi.

Farmatsevtika sohasi vakillari orasida reytingga, shuningdek, «Podorojnik» dorixonalar tarmogʻining ijrochi direktori Taras Kolyada va «Apteka 9-1-1» tarmogʻining bosh direktori Kostyantin Mordik ham kirdi.

Ukraina biznesi keng koʻlamli urush sharoitida ishlashda davom etmoqda. Asosiy qiyinchiliklar orasida — dushman tomonidan kompaniyalarning jismoniy aktivlari yoʻq qilinishi, safarbarlik va migratsiya sababli kadrlar tanqisligi, energetika infratuzilmasining shikastlanishi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi va logistikaning murakkablashishi bor.

Bunday sharoitda boshqaruv qarorlarining sifati yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biznesning moliyaviy barqarorligi, jamoalarni saqlab qolish, moliyalashtirishni jalb qilish, tezkor qayta tiklanish, ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va yangi texnologiyalarni joriy etish qobiliyati kompaniya rahbarlariga bogʻliq.

Volodimir Kostyuk 2018-yildan beri Farmak kompaniyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Uniyng boshchiligida Farmak Ukrainadagi yetakchilik pozitsiyalarini mustahkamlamoqda, xalqaro ishtirokini kengaytirmoqda va bugungi kunda oʻz mahsulotlarini dunyoning 60 dan ortiq mamlakatiga eksport qilmoqda.

Farmak Ukrainaga investitsiya kiritishda davom etmoqda. Shunday qilib, 2022–2025-yillar oraligʻidagi kapital investitsiyalarning umumiy summasi 3,6 mlrd grnni tashkil etdi. Xuddi shu davr uchun toʻlangan soliqlar summasi esa 4,7 mlrd grnga teng boʻldi.

Bugungi kunda Ukrainadagi Farmak kompaniyasida 3000 nafar xodim ishlamoqda. 2025-yilda kompaniya bozorga insult va bosh-miya jarohatlarini davolash, shizofreniya terapiyasi, sedatsiya, gastroenterologik kasalliklar va ayollar salomatligini saqlash uchun 13 ta yangi dori vositasini, shuningdek parhez ovqatlanish ratsionini korreksiya qilish, reproduktiv salomatlik va gormonal balansni qoʻllab-quvvatlash uchun parhez qoʻshimchalarini olib chiqdi.

Yangiliklarga qaytish